Toshkentda oʻzganing 15 mln soʻmini oʻzlashtirgan soxta bankir ushlandi
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi.
Toshkentda oʻzini bank xodimi deb tanishtirib, oʻzganing 15 mln soʻmini oʻzlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyatida yashovchi 38 yoshli (ayol) M.Gʻ. ichki ishlar organiga murojaat qilib, nomaʼlum sabablarga koʻra 15 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganini maʼlum qilgan.
Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi U.R. ismli shaxs sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan U.R. jabrlanuvchi (ayol) M.Gʻ.ga qoʻngʻiroq qilgan va oʻzini “bank xavfsizlik xizmati xodimi” sifatida tanishtirgan. Soʻng soxta havola yuborish orqali bank kartasi boshqaruvini qoʻlga kiritgan hamda uning hisobida boʻlgan 15 mln soʻmni oʻzining plastik kartasiga oʻtkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan U.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi