3 Oktabr 2024, 14:30 Oʻzbekiston

Toshkentda 9 yoshli qizning o‘limi bilan tugagan YTH bo‘yicha tergov davom etmoqda

Xulosaga ko‘ra haydovchiga nisbatan ehtiyot chorasi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Toshkentda 9 yoshli qizning o‘limi bilan tugagan YTH bo‘yicha tergov davom etmoqda

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat bo‘yicha bir qancha ekspertizalar tayinlangan, xulosaga ko‘ra haydovchiga nisbatan ehtiyot chorasi masalasi ko‘rib chiqiladi.

Joriy yilning 19 sentabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida avtobusdan tushib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan o‘quvchini yuqori tezlikda harakatlanib kelgan BYD urib yuborgan edi. 9 yoshli o‘quvchi qiz olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan.

O‘shanda Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan edi.

Mashhur yangiliklar