29 Iyul 2024, 17:50 Oʻzbekiston

Sirdaryoda 21 tup daraxt kesgan uch kishi ozodlikdan mahrum qilindi

Sayxunobod tumanida 21 tup qayrag‘och daraxtini kesib, ularni sotgan uch kishi 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sirdaryoda 21 tup daraxt kesgan uch kishi ozodlikdan mahrum qilindi

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida daraxtlarni noqonuniy kesgan va sotgan 3 kishiga hukm o‘qildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “B.X.” fermer xo‘jaligi rahbari M.A. ikki tanishi bilan 2023-yilning dekabr va 2024-yilning yanvar oylarida o‘ziga qarashli bo‘lgan dala maydoni chetida ko‘karib turgan jami 21 tup qayrag‘och daraxtini qonunga xilof ravishda kesgan.

So‘ngra ular daraxtlarni sotib yuborgan. Buning oqibatida tabiatga 1 milliard 459 million 144 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Sud qarori bilan 3 kishiga mazkur zararning undirilishi belgilandi. Qolaversa, har bir sudlanuvchiga 2 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mashhur yangiliklar