Toshkentda tanishining jinsiy a’zosini kesib tashlaganlarga sud hukmi o‘qildi
Toshkent shahrida fuqaroning jinsiy a’zosini kesib, unga 21 marotaba pichoq sanchganlar 18 yilga qamaldi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudida tanishining jinsiy a’zosini avvaliga o‘tmas pichoq, so‘ngra temir kesuvchi arra bilan kesib tashlab, 21 marotaba pichoq sanchganlar ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.
Ushbu qotillikni sodir etishda aybli deb topilgan 2 nafar sudlanuvchining har biri 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sudda ma’lum bo‘lishicha, 37 va 32 yoshli fuqarolar o‘zlari yashab kelayotgan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining yerto‘lasida 37 yoshli shaxsning tug‘ilgan kuni bahonasida tanishlarini yig‘gan. Bazmdagi spirtli ichimlik ularning ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan qotillikni sodir etishiga sabab bo‘ldi.
2024-yilning 9-mart kuni bazmga kelgan mehmonlardan biri tug‘ilgan kun egasining onasini haqorat qilib, so‘kingan. Bazm egasi tanishidan onasini haqorat qilgani uchun o‘ch olish maqsadida xonada turgan stul bilan uning yelka va bosh qismiga urgan. Yiqilib tushgan tanishiga jismoniy azob berish uchun uning ustiga chiqib, shimini tizzasigacha tortib yechgan. Yonidagi tanishiga uning oyog‘idan ushlab turishni buyurib, stol ustidagi oshxona pichog‘i bilan tanishining jinsiy a’zosini kesa boshlagan.
Biroq pichoq o‘tmas bo‘lgani uchun u sherigidan metall kesishga mo‘ljallangan arrani olib kelishini so‘ragan. Arrani olib kelgan sherigidan arrani olib, ishini davom ettirgan va tanishi O‘.U.ning jinsiy a’zosini kesgan. Bu ham yetmaganidek, unga 21 marotaba pichoq sanchgan. Olgan tan jarohatlari oqibatida mehmon bo‘lib kelgan O‘.U. hodisa joyida vafot etgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda erkak oʻz onasini bolta bilan chopib oʻldirdi Alisher Usmonov ARD telekanaliga qarshi sudda yutib chiqdi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak tanishini o‘ldirib, jasadini bo‘lakladi Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi