3 Dekabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Samarqanddagi uyda uch metrlik bo‘g‘ma ilon saqlanayotgani aniqlandi

Ishtixon tumanidagi xonadonda Qizil kitobga kiritilgan uch metrlik “Yoʻlbars pitoni”ni saqlab kelinayotgani aniqlandi.

Samarqanddagi uyda uch metrlik bo‘g‘ma ilon saqlanayotgani aniqlandi

Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro B.M. Qizil kitobga kiritilgan, mamlakatga noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan “Yoʻlbars pitoni”ni saqlab kelayotgani aniqlandi.

Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xabariga koʻra, boʻgʻma ilonning uzunligi 2,78 metr, eni 28 sm. Bunday ilonlar tutqunlikda 25-yilgacha umr koʻrishi mumkin.

Qayd qilinishicha, hozir ilon “Zarafshon” milliy tabiat bogʻi reabilitatsiya markazida vaqtincha saqlanmoqda.

Ilonni uyda saqlayotgan fuqaroga qanday chora koʻrilgani xabarda keltirilmagan.

Mashhur yangiliklar