4 Dekabr 2024, 10:49 •Oʻzbekiston
Toshkentdagi ikki maktabda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari aniqlandi
Sanitariya holati talabga javob bermagan maktablar rahbariyatiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Toshkent shahridagi ikkita maktabda virusli gepatit kasalligi aniqlandi. Bu haqda Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 3-dekabr kuni Sanepidemqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan 214- hamda 65-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida virusli gepatit kasalligi aniqlangani sababli epidemiologik surishtiruv hamda sanitariya nazorati oʻtkazilgan.
Surishtiruv davomida:
- oʻquvchilar va ishchi xodimlarning oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtganlik xulosalari;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish tartibi;
- maktab binosida, sinf xonalarda joriy tozalik ishlarining olib borilishi, jihozlarning sozligi;
- isitish tizimlari yoqilib foydalanishga topshirilgani;
- hojatxonalarda gigiyena qoidalariga rioya qilingani hamda qoʻl yuvish moslamalari va oqova suv tizimining soz holatdaligi toʻliq oʻrganilib, tekshiruv oʻtkazilgan.
Tekshiruvlar natijasida, maktabning sanitariya holati talabga javob bermasligi maʼlum boʻlgan. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab rahbariyatiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar

Sirdaryoda yong‘in bo‘lgan uydan 3 nafar bola qutqarildi
17 Fevral 2025, 19:08
Samarqandda qaynona kelinini qaychi va oshxona pichog‘i bilan o‘ldirdi
17 Fevral 2025, 18:33
Bojxona qo‘mitasi raisi Yengil atletika federatsiyasiga ham bosh bo‘ldi
17 Fevral 2025, 17:55
Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida g‘alaba qozondi
17 Fevral 2025, 17:20
Toshkentda 19 yoshli haydovchi piyodani urib yubordi
17 Fevral 2025, 16:45
Farg‘onada o‘qituvchi 8-sinf o‘quvchisini kaltakladi
17 Fevral 2025, 16:12
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi
17 Fevral 2025, 15:37
Toshkentda bolalar tagligiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi
17 Fevral 2025, 15:04