Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Nukus shahrida er-xotin va ularning uyiga mehmonga kelgan yigit is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida er-xotin va ularnikiga mehmonga kelgan yigit, jami uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, voqea 18-oktyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazi Qoraqalpog‘iston filiali shifokori soat 07:51 da IIBga qo‘ng‘iroq qilib, o‘lim bilan bog‘liq holat haqida xabar bergan.
Ichki ishlar bo‘limiga Nukus shahri 23 kichik tumanda yashagan 25 yoshli A.Y., uning 23 yoshli xotini M.Y. va ularnikiga mehmonga kelgan 27 yoshli A.T is gazidan zaharlanib vafot etgani to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida A.Y, M.Y. va A.T uyning isitish qozonxonasi mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgani aniqlangan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Ayni paytda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida 339 mln so‘mlik energiya resurslaridan noquniy foydalanildi Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketidi, oqibatida uch yo‘lovchi vafot etgan Toshkent viloyatida ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi Ikki hududda “svet”dan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Qoraqalpogʻiston Qishloq xoʻjaligi vaziri tayinlandi