Toshkent viloyatida ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati Bekobod tumanida ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 17-oktabrdan 18-oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Fuqarolar D.T. va R.T (er-xotin) hamda ularning farzandi F.I. birgalikda yotoqxonada uxlagan.
18-oktabr kuni tongda fuqaro E.B. (marhumning amakisi) uyga kirganda, xona is gazidan hidlanib ketgani, jiyani va uning o‘g‘li vafot etgani, ayoli esa karaxt holatda yotganini aniqlagan.
Bekobod tumanlararo sud-tibbiy ekspertizasining 18-oktabrdagi dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumlarning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish oqibatida sodir bo‘lgan.
Bemor R.T. noma’lum etiologiya gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanib chiqqan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasi tuzilgan. Komissiya hodisa sodir bo‘lgan joyning holatini o‘rganadi va tegishli dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Yangiyo‘lda bir oilaning 5 a’zosini o‘ldirgan shaxs umrbodga qamaldi Yil boshidan buyon gaz bilan bogʻliq holatlar sabab vafot etganlar soni ochiqlandi Toshkent viloyatida uyida pirotexnika vositalarini saqlab kelgan shaxs ushlandi Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi