Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketidi, oqibatida uch yo‘lovchi vafot etgan
Haydovchi va yana ikki nafar yo‘lovchi tirik qolgan, ularga ko‘krak qafasi qisilishi, suvda cho‘kish kabi tashxislar qo‘yilgan.
Joriy yilning 29-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida uch nafar fuqaroning o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni tungi soat 02:20 atrofida mast holatdagi haydovchi Lacetti rusumli avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi kanalga tushib ketgan.
Hodisa oqibatida mashinaning orqa o‘ringigida bo‘lgan ikki yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir nafar yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan. Ular 21−22 yoshda bo‘lgan.
Tirik qolgan haydovchi va yana ikki nafar yo‘lovchiga “bosh miya, ko‘krak qafasi qisilishi, suvda cho‘kish” kabi tashxislar qo‘yilgan.
Halokat besh metr kenglikdagi ichki tuproq yo‘lda sodir bo‘lgan. Ushbu yo‘l yoritish qurilmalari bilan jihozlanmagan va yo‘l belgilari o‘rnatilmagan, deyiladi xabarda.
Hozirgi kunda mazkur voqea yuzasidan Beruniy tuman IIB tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
4 ta metan zapravka 18 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 3 bosh Buxoro bugʻusini oʻldirgan shaxs tabiatga 3,3 mlrd soʻmlik zarar yetkazdi Qoraqalpog‘istonda 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan oshxona fosh etildi Toshkentda “Lacetti” toʻliq yonib ketdi Ikki hududda “svet”dan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi