Ikki hududda “svet”dan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Tashkilotning To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda Z.T. xususiy korxonasi va Ch.Z. oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari fuqaro A.A.ga tegishli umumiy ovqatlanish shoxobchasi binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Jami 1,5 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, Olmazor tumanidagi tekshiruvda fuqaro J.M. Xonchorbog‘ mahallasi hududidagi xonadonda ishlab chiqarish sexi tashkil etgani ma’lum bo‘lgan. U tijorat maqsadida 4 dona elektr pechini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 567,6 million so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda qariyb 27 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan zavod aniqlandi Ikki hududda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Toshkentda qariyb 27 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irlagan zavod aniqlandi Uch hududda 700 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Toshkentda 2,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi