4 Noyabr 2024, 10:42 Oʻzbekiston

Qashqadaryodagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi janjallashdi

Qarshi shahridagi maktabda o‘qituvchi ayol va o‘quvchi qiz o‘rtasida janjal kelib chiqdi.

Qashqadaryodagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi janjallashdi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi maktabda o‘qituvchi ayol va o‘quvchi qiz o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, holat 17-oktabr kuni 32-sonli o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Algebra fani o‘qituvchisi M.M. (ayol) va 10 “B” sinf o‘quvchisi E.O‘. (2008-yilda tug‘ilgan qiz) o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Shundan so‘ng o‘qituvchi M.M. o‘quvchi E.O‘. ning yuz qismiga urgan, o‘quvchi qiz ham qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lganida, ular birgalikda polga yiqilib tushishgan, deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, M.M. va E.O‘. ning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan sudga yuborildi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirgan. Qayd etilishicha, holat boshqarma va huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Mashhur yangiliklar