Buxoro, Farg‘ona va Qashqadaryoga hokimlar tasdiqlandi
Botir Zaripov, Xayrullo Bozorov va Murotjon Azimov viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Buxoro, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlarida Xalq deputatlari viloyat kengashlarining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyalari o‘tkazildi.
Maʼlum qilinishicha, Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida 24-Xumdonak saylov okrugidan saylangan deputat Jamol Ashurov xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi raisi etib saylandi.
Sessiyada Botir Zaripov viloyat hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida 44-Toshloq okrugidan saylangan deputat Xolmatjon Komilov xalq deputatlari viloyat kengashi raisi etib saylandi.
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashi qaroriga muvofiq Xayrullo Bozorov viloyat hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining VII chaqiriq, birinchi sessiyasida deputat Ismigul Xushmurodova Xalq deputatlari viloyat kengashi raisi etib saylandi.
Sessiyada qabul qilingan qaror bilan Murotjon Azimov nomzodi viloyat hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda 23 yoshli talaba qiz yotoqxonada oʻz joniga qasd qildi Buxoroning tarixiy qismida mototsikl va skuterlarning harakati cheklandi Qashqadaryoda 5 mashina ishtirokida YTH yuz berdi Buxoroda 943 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi Qirg‘izistonliklarning O‘zbekistonda qolish muddatini uzaytirilishi mumkin