O‘zbekiston

O‘zbekistonda yo‘lovchi poyezdlari tezligi oshiriladi

Avvalroq temir yo‘l relslari haddan tashqari qizib ketishi ehtimoli tufayli issiq ob-havo sharoitida tezlik pasaytirilgandi.

O‘zbekistonda 9-sentyabrdan boshlab yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lovchi poyezdlarining harakat tezligi oshiriladi, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” axborot xizmati.

Shu munosabat bilan quyidagi poyezdlarning stansiyaga kelish vaqti qisqartirildi:

  • 710-sonli “Toshkent Markaziy — Buxoro” poyezdi (yo‘l vaqti 20 daqiqaga qisqartirildi). Toshkent Markaziy 08:40 — Samarqand 11:45-11:55 – Buxoro 14:10;
  • 709-sonli “Buxoro — Toshkent Markaziy” poyezdi (yo‘nalish vaqti 70 daqiqaga qisqartirildi). Buxoro 16:55 — Samarqand 19:10-19:20 — Toshkent Markaziy 22:47;
  • 716-sonli “Toshkent Markaziy — Qarshi” poyezdi (yo‘nalish vaqti 3 daqiqaga qisqartirildi). Toshkent Markaziy 08:55 — Samarqand 12:16-12:26 — Qarshi 13:55;
  • 715-sonli “Qarshi — Toshkent Markaziy” poyezdi (yo‘nalish vaqti 44 daqiqaga qisqartirildi). Qarshi 18:25 — Samarqand 19:54-20:07 — Toshkent Markaziy 23:35;
  • 712-sonli “Toshkent Markaziy — Buxoro” poyezdi (yo‘nalish vaqti 10 daqiqaga qisqartirildi). Toshkent Markaziy 20:20 — Samarqand 23:39-23:58 — Buxoro 02:30;
  • 711-sonli “Buxoro — Toshkent Markaziy” poyezdi (yo‘nalish vaqti 20 daqiqaga qisqartirildi). Buxoro 05:15 — Samarqand 07:39-08:05 — Toshkent Markaziy 11:54;
  • 126/125-sonli “Xiva — Andijon” poyezdi (yo‘nalish vaqti 10 daqiqaga qisqartirildi). Xiva 15:15 — Toshkent Janubiy 05:10-05:40 — Andijon 11:58;
  • 57-sonli “Shovot — Toshkent Janubiy” poyezdi. Shovot 16:21 — Toshkent Janubiy 07:02;
  • 731-sonli “Andijon — Toshkent Markaziy” poyezdi. Andijon 06:11 — Toshkent Markaziy 12:38;
  • 771-sonli “Buxoro — Toshkent Markaziy” poyezdi. Buxoro 03:15 — Toshkent Markaziy 07:29;
  • 6418-sonli “Toshkent Janubiy — Sirdaryo” poyezdi. Toshkent Janubiy 19:57 — Sirdaryo 22:01;
  • 6454-sonli “Toshkent Janubiy — Xovos” poyezdi. Toshkent Janubiy 18:55 — Xovos 22:35.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 16-iyundan boshlab yer usti temir yo‘llari relslari va ularning po‘lat qismlarida yuqori harorat tufayli poyezdlar tezligi cheklangandi. Shuningdek, avvalroq Toshkent issiqdan o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan shaharlar ro‘yxatiga kiritilgani xabar qilingandi. Mutaxassislar “shahar issiqlik oroli” ta’sirining ahamiyatini ta’kidladi, bu ham vaziyatni yanada og‘irlashtiradi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная