26 Avgust 2024, 08:50 •Oʻzbekiston
O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida yana 5 ta OTM ish boshlaydi
2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari soni yana 5 taga ko‘payadi.
O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilida 5 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, 2024/2025 o‘quv yilida respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida jami 1 mln 167 ming nafardan ortiq, jumladan, ikkinchi va undan yuqori kursda 652 ming nafar, birinchi kursda 215 ming nafardan ortiq talaba ta’lim olishi kutilmoqda.
2024/2025 o‘quv yilida 5 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyatini boshlaydi:
- Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti (davlat OTM);
- Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali (davlat OTM);
- M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining Chirchiq shahridagi filiali (xorijiy OTM filiali);
- Toshkent Amerika texnologiyalar universiteti (nodavlat OTT);
- Toshkent Metropoliten universiteti (nodavlat OTT).
Ta’kidlanishicha, Top-300 oliygoh ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim yo‘nalishlari 40 foizgacha maqbullashtirilgan, natijada 306 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 183 taga, 645 ta magistratura mutaxassisliklari 546 taga qisqartirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda kontrakt pulini to‘lash muddati belgilandi Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddatlari belgilandi OTMlardagi super kontrakt miqdori e’lon qilindi Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi OTMlarda yangi o‘quv yili 9-sentabrdan boshlanadi
Soʻnggi yangiliklar
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi
18 Sentabr 2024, 19:21Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi
18 Sentabr 2024, 18:45Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda
18 Sentabr 2024, 18:07O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi
18 Sentabr 2024, 17:28Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
18 Sentabr 2024, 16:48Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi
18 Sentabr 2024, 16:13Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi
18 Sentabr 2024, 15:40Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor
18 Sentabr 2024, 14:53