31 Oktabr 2024, 16:40 Oʻzbekiston

O‘zbekistondagi OTMda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari o‘qiyotgani aytildi

O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi.

O‘zbekistondagi OTMda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari o‘qiyotgani aytildi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili boshiga O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida 10 845 nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda.

O‘zbekiston OTMda tahsil olayotgan xorijlik talabalarning davlatlar kesimida taqsimlanishi:

  • Hindiston – 5733 nafar;
  • Pokiston – 1358 nafar;
  • Turkmaniston – 904 nafar;
  • Rossiya – 750 nafar;
  • Qozog‘iston – 537 nafar;
  • Tojikiston – 285 nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi – 285 nafar;
  • Afg‘oniston – 196 nafar;
  • Xitoy – 182 nafar;
  • Koreya Respublikasi – 176 nafar;
  • Kanada – 124 nafar;
  • Boshqalar – 315 nafar.

Mashhur yangiliklar