O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlikda xalqaro universitet ochiladi
O‘zbekistonda Yaponiyaning Tsukuba universiteti ko‘magida yangi xalqaro universitet ochilishi mumkin.
Joriy yilning 28 oktyabr kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Yaponiyaning Tsukuba universiteti rektori Nagata Kyosuke O‘zbekistonda Yaponiya ta’lim dasturlari asosida xalqaro universitet tashkil etishga kelishib oldi.
Yig‘ilishda bo‘lajak universitetning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga qaror qilindi.
Nagata Kyosuke Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bilan ham uchrashdi. Yangi universitet uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlashda yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, bo‘lajak universitet faoliyatini bosqichma-bosqich kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar loyihani amalga oshirish uchun zarur choralarni ko‘rishga tayyor ekanini bildirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Pokiston va Tailand bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi Talabalar uchun qishki taʼtil muddati eʼlon qilindi Janubiy Koreyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi O‘zbekiston Namunalar bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi O‘zbekiston va BAA Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklar masalasini muhokama qildi