Magistraturaga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi
Qo‘shimcha qabul asosida o‘qimoqchi bo‘lganlar tegishli oliygohga murojaat qiladi.
2024/2025 o‘quv yili uchun OTMlarning magistraturasiga qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmaganlarni qabul qilishga ruxsat berildi. Bu to‘g‘risida Davlat komissiyasining tegishli bayoni imzolandi, deb xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, endi respublika OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlar oliygohlar tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita OTM qabul komissiyasiga murojaat qilishi kerak.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistondagi 3 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kirdi O‘zbekistonda yangi OTM tashkil etiladi O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi Yakuniy davlat attestatsiyalari ish beruvchi korxonalarda tashkil etilishi mumkin Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi