O‘zbekistonda ayrim turdagi soliq stavkalari oshiriladi
2025-yilda O‘zbekistonda ayrim turdagi soliqlar miqdori oshirilishi taklif etilmoqda.
2025-yilda mamlakatda bir necha turdagi soliqlar miqdori oshirilishi taklif etilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi eʼlon qilgan byudjetnomada keltirilgan.
Manbaga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda quyidagi soliqlar stavkalari o‘zgarishsiz saqlab qolinmoqda:
- Foyda solig‘ining bazaviy stavkasi — 15 foiz;
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 12 foiz;
- Qo‘shilgan qiymat solig‘i — 12 foiz;
- Ijtimoiy soliq — 12 foiz (budjet tashkilotlari uchun 25 foiz);
- Aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi — 4 foiz;
- Yuridik shaxslar mol–mulk solig‘i — 1,5 foiz.
Shuningdek, chet davlatlar avtotransport vositalari O‘zbekistonga kirgani va mamlakat hududi orqali tranziti uchun yig‘im hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqiga doir yig‘imlar miqdori ham oshirilmaydi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, 2025-yil 1-apreldan boshlab neft mahsulotlari uchun to‘lanadigan aksiz soliq stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Mazkur tarkibga benzin, aviakerosin, dizel va EKO dizel yonilg‘isi, dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi hamda yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilinadigan benzin, dizel yonilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gaz kiradi.
Vazirlikning qayd etishicha, ushbu soliq stavkalarining oshirilishi neft mahsulotlari chakana narxiga sezilarli darajada taʼsir ko‘rsatmaydi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda bolalar nafaqasi oluvchilar soni keskin kamaytirildi Endi reytingi yuqori tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi Tovarlarini elektron platformalar orqali sotuvchilarga soliqlar oshirilishi mumkin O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi