8 Noyabr 2024, 17:57 •Iqtisod
Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi
2024 yilning 1 oktyabridan boshlab ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining 20 foizi qaytarib beriladi.
2024 yil 1 oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga – byudjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:
- 60 foiz va undan yuqori bo‘lganda — budjetga to‘langan soliqning 40 foizi;
- 60 foizdan kam bo‘lganda — budjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yekti soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.
Soliqning bir qismi quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:
- hisobot davrida soliq bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;
- hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam bo‘lmaganda;
- hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.
Vaqtinchalik nizom 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Savdo korxonalari 10 oyda qancha soliq to‘lagani ma’lum qilindi Tadbirkorlar uchun ayrim maʼmuriy javobgarliklar bekor qilinadi Endi reytingi yuqori tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi Ayrim shaxslarga temir yoʻl transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi
Soʻnggi yangiliklar
Abduqodir Husanov O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi
10 Dekabr 2024, 19:23Qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotayotgan shaxslar ushlandi
10 Dekabr 2024, 18:47Suriyadagi vaziyatni yoritayotgan o‘zbekistonlikka nisbatan qidiruv e’lon qilindi
10 Dekabr 2024, 18:16Uzbekistan Airways Yangi yil arafasida talabalar uchun chegirma e’lon qildi
10 Dekabr 2024, 17:40Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
10 Dekabr 2024, 17:04O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
10 Dekabr 2024, 16:22Toshkentda olib qochilgan Nexia-3 Fargʻonadan topildi
10 Dekabr 2024, 15:29O‘zbekistonda yana 5 ta yangi IES o‘z ishini boshlaydi
10 Dekabr 2024, 14:32