2 Dekabr 2024, 11:23 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda 10 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj etilgani ma’lum qilindi

2024-yilning yanvar-oktyabr oylari davomida bunday holatlar ortidan 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonda 10 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj etilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 10 oyda ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 milliard so‘mi talon-toroj qilingani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-oktyabr oylari davomida bunday holatlar ortidan 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qayd etilishicha, bu davrda kredit mablag‘lari talon-toroj qilinishini oldini olish, muammoga aylangan kredit qarzdorliklarining qaytarilishini ta’minlash ishlari ustidan nazorat yanada kuchaytirildi.

Prokuratura aralashuvi bilan qarzdorliklarning 11,6 trillion so‘mi amalda undirildi, 8,9 trillion so‘mlik kreditlar bo‘yicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi ta’minlandi, 1,6 trillion so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 2,5 trillion so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 906 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Mashhur yangiliklar