Buxoroda salkam 54 mln soʻmlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Buxoro viloyatida salkam 54 mln soʻmlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi, deb xabar bermoqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirilgan.
Natijada, mazkur transport vositasi yukxonasiga xorijda ishlab chiqarilgan va noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan 14,4 ming dona petarda va 112 dona salyutlar ortilgani aniqlangan.
Vaqtincha saqlovga olingan mazkur pirotexnika vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra salkam 54 mln. soʻmni tashkil qilmoqda, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi Buxoroda mashinasiga boshqa raqam o‘ratib olgan haydovchi 145 marta qoida buzdi Buxorodagi yana bir uyda gaz portladi Buxorodagi xonadonda gaz portladi Turkmanistondan olib kirilgan 115 tonna dizel fosh etildi
Soʻnggi yangiliklar







