O‘zbekistonda 9 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj qilingani ochiqlandi
2024-yilning o‘tgan 9 oyida qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj etilgani ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda 9 oyda ish haqi va nafaqa pullarining 5,2 milliard so‘mi talon–toroj qilingani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov 18-oktyabr kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yanvar—sentyabr oylari davomida bunday holatlar ortidan 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Aholi bandligini ta’minlash sohasida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 1 ming 198 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 61 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 8 ming 573 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi. 366 nafar ishchi-xizmatchilarning kechiktirilgan 2,4 milliard so‘m ish haqi undirib berilishi ta’minlandi.
Bevosita prokurorlar tashabbusi bilan 631 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ularda 9 ming 371 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona va Andijonda suyultirilgan gaz va gaz ballonlari talon-toroj qilindi Navoiyda hokim yordamchisi 200 mln so‘m imtiyozli kredit pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda O‘zbekistonda 10 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj etilgani ma’lum qilindi Andijonda aholiga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan koʻmir talon-toroj qilindi Namanganda 13,3 ming tonna koʻmir talon-toroj qilindi