18 Dekabr 2024, 09:39 Oʻzbekiston

Hayvonot bogʻi qorovuli sherlar hujumida halok boʻlgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

17-dekabr kuni Parkent tumanidagi xususiy hayvonot bogʻi qorovuli sherlar hujumi oqibatida halok boʻlgandi.

Hayvonot bogʻi qorovuli sherlar hujumida halok boʻlgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi xususiy hayvonot bogʻi qorovuli sherlar hujumida halok boʻlgani yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Hayot Shamsutdinovga koʻra, mazkur hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hujjatlar tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organlariga yuborildi.

Eslatib oʻtamiz, kecha, 17-dekabr kuni soat tonggi 05:00 larda sodir boʻlgan. Hayvonot bogʻida saqlanayotgan 3 ta Afrika sheri katak eshigi ochiq qoldirilganidan foydalanib hayvonot bogʻi hududiga chiqib ketgan.

Hovlidagi sherlarni shu yerda qorovul boʻlib ishlovchi 44 yoshli F.I. katakka qaytarmoqchi boʻlgan, biroq yirtqichlar qorovulga hujum qilgan va uni oʻldirgan. Shundan soʻng, nazoratsiz qolgan hayvonlar F.I.ning tana aʼzolarini yemish sifatida isteʼmol qilgan.

Mashhur yangiliklar