11 Yanvar 2025, 14:47 •Oʻzbekiston
Toshkent metropoliteniga yana 3 ta zamonaviy metro poyezdi olib kelindi
Poytaxt metrosida yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdi olib kelindi.
Bugun 11-yanvar kuni Toshkent metropoliteniga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqida “Toshkent metropoliteni” DUK xabar qildi.
“Yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, ushbu poyezdlar belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.
Shuningdek, ta’kidlash lozimki, 2025-yil yanvar-fevral oylarida yana 6 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan”, deyiladi “Toshkent metropoliteni” xabarida.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent metropoliteni Rossiyadan yana uchta yangi tarkibni oldi Toshkent metrosi Yangi yil kechasida soat 2:00 gacha ishlaydi Toshkent metropoliteni ilk bor bir kunda 1 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi Toshkent metrosida hojatxona quriladigan 9 ta bekat nomi ma’lum bo‘ldi Toshkent metrosining yana 9 ta bekatida hojatxonalar paydo boʻladi
Soʻnggi yangiliklar
Qozog‘istondagi neft bazasida portlash yuz berdi
25 Yanvar 2025, 19:03Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning asosiy ustunligini aytdi
25 Yanvar 2025, 18:08Toshkent viloyatida psixofaol moddalarni oʻtkazish maqsadida saqlayotgan shaxs ushlandi
25 Yanvar 2025, 17:10Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi
25 Yanvar 2025, 16:15Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda
25 Yanvar 2025, 15:19Qoraqalpog‘istonda soxta treyder o‘zganing 46 mln so‘mini o‘zlashtirdi
25 Yanvar 2025, 14:22O‘zbekiston aholisi soni 37,5 milliondan oshdi
25 Yanvar 2025, 13:22Samarqandda 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
25 Yanvar 2025, 12:26