Surxondaryodagi fermer xo‘jaligida cho‘pon qorovulni pichoqlab o‘ldirdi
Sudlanuvchi fermer xo‘jaligi qorovuli bilan tortishib qolgan va uni qasddan o‘ldirish rejasini tuzgan.
Surxondaryo viloyatidagi fermer xo‘jaligi molxonasida cho‘pon bo‘lib ishlovchi shaxs (1967 y.t.) qorovulni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea fermer xo‘jaligida joylashgan og‘ilxonada sodir bo‘lgan. Sudlanuvchi fermer xo‘jaligi qorovuli bilan tortishib qolgan va uni qasddan o‘ldirish rejasini tuzgan.
Reja asosida dastlab sudlanuvchi qorovulni somon ipi yordamida bo‘g‘ib, hushidan ketkazgan va og‘ilxonaga olib kelib, unga pichoq yordamida turli darajadagi tan jarohatlari yetkazgan. Olgan tan jarohatlari oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi va 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va kodeksning 59-moddasi (Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda 232 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxs qamaldi Surxondaryolik ayol 4 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi Surxondaryoda poyezd vagonining ostiga berkitilgan “opiy” topildi Surxondaryoda Afg‘onistonga eksport qilingan unni sotib yuborgan haydovchi qamaldi “Salimboyvachcha” ozodlikka chiqarildi