Bo‘stonliqda Qizil Kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirib ketildi
Holat yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar Toshkent viloyati IIBBga yuborilgan.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qo‘ng‘ir ayiq terisi topildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli Axsarsoy hududida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilganda, qo‘ng‘ir ayiqning terisi topilgan. Ashyoviy dalil Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tomonidan o‘rganilganida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘iga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, o‘rganish davomida ayiq noma’lum shaxslar tomonidan qo‘lbola sirtmoq yordamida o‘ldirilgani, terisi qoldirilib, boshqa qismlari olib ketilgani aniqlangan.
Qo‘ng‘ir ayiq zaif, keng, biroq mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan. Uni ovlash taqiqlangan.
Holat yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar Toshkent viloyati IIBBga yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida kanal bo‘yidan eshak go‘shti qoldiqlari topildi Yangiyo‘lda nomaʼlum shaxslar ekologiya davlat inspektorlariga jarohat yetkazdi Toshkent viloyatida onasi ayovsiz kaltaklagan 4 yoshli qizcha vafot etdi Toshkent viloyatida issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshiriladi Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani uchun jarimaga tortildi