11 Yanvar 2025, 11:15 •Eksklyuziv, Iqtisod
Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bog‘liq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qaror bilan, O‘zbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar va chiqindilar ro‘yxati tasdiqlandi. Shuningdek:
- O‘zbekistonga olib kirilishi taqiqlangan o‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar ro‘yxati;
- Import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan xavfli mahsulotlar hamda chiqindilar ro‘yxati ham tasdiqlangan.
O‘zbekiston hududiga belgilangan chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun olib kiruvchilar quyidagilarga ega bo‘lishi shart:
- chiqindilarni mustaqil ravishda to‘liq utilizatsiya qiladigan, qayta ishlaydigan yoki ulardan takroriy foydalanadigan import qiluvchilar – chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki takroriy foydalanish jarayonlarining atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasi bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga;
- chiqindilarni mustaqil ravishda to‘liq utilizatsiya qilishi, qayta ishlash yoki ulardan takroriy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan import qiluvchilar – mazkur chiqindilarni topshirish yoki realizatsiya qilish yuzasidan chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga.
Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘quv maskanlaridagi oshxonalar E-auksion orqali ijaraga beriladi O‘zbekistonda yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi O‘zbekistonda yerlar toifasiga o‘zgartirish kiritish tartibi tasdiqlandi Davlat bog‘chalarida “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi 1-iyuldan fuqarolarning hujjatlari elektron shaklda ham tan olinadi
Soʻnggi yangiliklar
Qozog‘istondagi neft bazasida portlash yuz berdi
25 Yanvar 2025, 19:03Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning asosiy ustunligini aytdi
25 Yanvar 2025, 18:08Toshkent viloyatida psixofaol moddalarni oʻtkazish maqsadida saqlayotgan shaxs ushlandi
25 Yanvar 2025, 17:10Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi
25 Yanvar 2025, 16:15Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda
25 Yanvar 2025, 15:19Qoraqalpog‘istonda soxta treyder o‘zganing 46 mln so‘mini o‘zlashtirdi
25 Yanvar 2025, 14:22O‘zbekiston aholisi soni 37,5 milliondan oshdi
25 Yanvar 2025, 13:22Samarqandda 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
25 Yanvar 2025, 12:26