Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri sudlanadi
U avval ham qiynash, ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish hamda talonchilik kabi jinoyatlar uchun sudlanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtab chiqqan.
27-mart kuni Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan 28 yoshli ayolning oʻlimi bilan bogʻliq holat yuzasidan tergov ishi yakunlanib sudga oshirilgan. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov maʼlum qildi.
“Dastlabki tergov organi tomonidan aniqlanishicha, ayolning turmush oʻrtogʻi uni arzimas sabablar bilan urib, qiynab, rahmsiz muomala qilib, shaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitib kelishi, turmush oʻrtogʻining kuchli ruhiy tushkunlikka olib kelgani oqibatida jismoniy va ruhiy tayziqlariga chiday olmagan N.Xamrayeva 2024-yil 27-mart kuni soat 21:30larda mazkur yashash xonadonining derazasi (5-qavat)dan oʻzini tashlab oʻz joniga qasd qilgan”, — deyiladi Oliy sud xabarida.
Bekobodlik D.X. turmush oʻrtogʻining oʻlimiga sababchi sifatida koʻrilmoqda. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilingan. JIB Bekobod tuman sudi yurituvidagi ishni koʻrib chiqish 2024-yil 9-iyul kuni soat 16:00 ga belgilangan.
Sudlanuvchi bundan avval ham sudlangan. U 2013-yilda JKning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (voyaga yetmagan shaxsni qiynash), 136-moddasi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish), 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (Talonchilik) bilan aybdor deb topilib, 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan, amnistiya munosabati bilan jazoning uchdan bir qismi (bir yarim yil)ni oʻtab chiqqan.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi 2024-yilda qancha fuqaro tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlangani ochiqlandi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi Toshkent viloyatida taksichiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba qamaldi