Namanganda sud raisi o‘rinbosari o‘zganing uyini o‘zlashtirib, sotib yubordi
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosari o‘zganing uyini soxta hujjat orqali o‘zlashtirib, sotib yubordi.
Namangan viloyati sudi raisi o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi A.S. Namangan shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi 49-uydagi o‘zganing egaligidagi xonadonni soxta hujjatlar bilan o‘z nomiga rasmiylashtirib, boshqa bir odamga sotib yuborgani maʼlum bo‘lmoqda.
Kun.uz muxbiri uyning haqiqiy egasi bilan gaplashdi. Uning bildirishicha, kvartirada doimiy hech kim yashamagan. “Bu ehtiyojimizdan ortiqcha bo‘lgan uy edi. Doimiy yashamasak-da, yo‘limiz tushganida bir kun-yarim kun turib ketardik. Usta tushirib, taʼmirlayotgandik, boshqa odam “dokument” ko‘tarib keldi. Shunda bilib qoldik. Ushbu ishga aralashgan insonlarning hammasi javobgarlikka tortilyapti”, deydi uy egasi.
Sudyalar Oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov A. S. ga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini bildirib, tekshiruv xulosasi tegishli qaror qabul qilish uchun Sudyalar oliy malaka hayʼatiga yuborilganini maʼlum qilgan.
Xizmat tekshiruvi natijalari Sudyalar oliy malaka hayʼatiga qaror qabul qilish uchun yuborilganining o‘zi shikoyat vajlari tasdiqlanganini mantiqan anglatadi. Shu mazmundagi savolga Kengash matbuot kotibi “bu haqda gapirishga hali erta” degan umumiy javob bilan cheklandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi Namanganda 13,3 ming tonna koʻmir talon-toroj qilindi Namanganda 9-sinf o‘quvchisi ijaraga olingan mashinada YTHga uchradi Toshkent viloyatida taksichiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba qamaldi Toshkentda 3 yashar bolaning qotili umrbodga qamalgani rad etildi