Toshkent viloyatida yovvoyi cho‘chqani otib o‘ldirganlar jarimaga tortildi
Angren shahrida yovvoyi cho‘chqani noqonuniy tarzda otib o‘ldirganlar jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Kecha, 4 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yovvoyi cho‘chqani noqonuniy tarzda otib o‘ldirganlar jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ekologiya boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiya hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan birgalikda Angren shahri “Jigariston” MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqarolar I.Z. va Y.B. tomonidan yovvoyi cho‘chqani mahallaning tog‘li hududida ov qurolida otib o‘ldirganlik holati aniqlangan. Oqibatda hayvonot dunyosiga 16 million 875 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularga 7 million 500 ming so‘m miqdorida jarima chorasi qo‘llanilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi Toshkent viloyatida 1 tup chinor kesgan shaxs tabiatga qariyb 200 mln soʻm zarar yetkazdi Toshkent viloyatida ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi Chirchiq daryosi o‘zaniga 273,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi O‘zbekistonga 380 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi