4 Iyul 2024, 19:28 Oʻzbekiston

Andijonda ham avtobus yoʻnalishlarida kunlik reja bekor qilinmoqda

Bu bilan kunlik reja bekor boʻlib, hisob-kitob bosib oʻtilgan yoʻl va sifat mezonlaridan kelib chiqib qilinadi. Tez orada yana 3 ta shahar avtobus yoʻnalishi bosqichma-bosqich ushbu tizimga oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Andijonda ham avtobus yoʻnalishlarida kunlik reja bekor qilinmoqda

Andijon shahrida 2-iyul boshlab 1-sonli “Gulshan MFY — Andijon shahar shifoxonasi” avtobus yoʻnalishi brutto-shartnoma tizimiga oʻtkazildi.  Qayd etilishicha, ushbu yoʻnalishga 20 dona avtobus biriktirilgan boʻlib, qatnov oraliq intervali 10 daqiqani tashkil etadi.

Shu munosabat bilan, yoʻlovchilarning avtobuslarga chiqishi va tushishi qatʼiy tartibda oraliq bekatlaridan amalga oshirilishi lozimligi taʼkidlangan. Haydovchilarga tegishli yoʻriqnomaga asosan faqat bekatlarda yoʻlovchi olish va tushirishi, qatʼiy jadval asosida harakatlanishi, yoʻlovchi bor yoki yoʻqligidan qatʼiy nazar har bir bekatlarda toʻxtab oʻtishi lozimligi tushuntirilgan.

Yangi tizimga muvofiq tashuvchi bosib oʻtilgan yoʻl va sifat mezonlari asosida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishi lozim. Tez orada yana 3 ta shahar avtobus yoʻnalishi bosqichma-bosqich ravishda ushbu tizimga oʻtkaziladi.

Mashhur yangiliklar