Samarqandda qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi
Qurilish korxonasi masʼullari 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli turdagi daraxtni ildiz qismi bilan qazib tashlab, yoʻq qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilishi bildirilgan.
Samarqand shahridagi qurilish maydonida daraxatlar kesib tashlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahrida qurilish ishlarini olib borayotgan “S.Ye.Sh.” MCHJ masʼullari tomonidan hududdagi 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli turdagi daraxt ildiz qismi bilan qazib tashlab, yoʻq qilingan. Holat Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Ekologik nazorat inspeksiyasi hamda shahar nazorat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan nazorat reyd tadbiri davomida aniqlangan.
Hozirda, daraxtlarning yoʻq qilinishi oqibatida oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblangan. Holatda jinoyat alomatlari boʻlganligi uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 12 tup daraxt tanasiga zaharli modda quyib ketildi Namanganda yo‘l o‘rtasiga ko‘p yillik chinor qulab tushdi Qurilish maydonidagi daraxtlarni shikastlaganlik uchun javobgarlik belgilandi Toshkentda mashinalar ustiga daraxt shoxi quladi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi