30 Sentabr 2024, 13:15 •Iqtisod
O‘zbekistonda 8 oyda qancha soliq imtiyozlaridan foydalanildi?
Soliq qo‘mitasi o‘zbekistonliklar 8 oyda qancha soliq imtiyozlaridan foydalanilganini ochiqladi.
O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar 8 oyda 16 trillion so‘m soliq imtiyozlaridan foydalandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida 138 661 ta tashkilot 16 trillion so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan. Shu bilan birga:
2 927 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 13,1 trillion so‘mlik QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;
7 185 ta korxona 22,5 trillion so‘m miqdorida QQS nol stavkasini qo‘llagan.
Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
- QQS – 8 trillion so‘m;
- foyda solig‘i – 2,3 trillion so‘m;
- yer solig‘i – 1,9 trillion so‘m;
- ijtimoiy soliq – 1,9 trillion so‘m;
- JSHODS – 884,7 milliard so‘m;
- mol-mulk solig‘i – 801,6 milliard so‘m;
- AOS – 139 milliard so‘m;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,9 milliard so‘m.
Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo‘yicha moliyaviy xizmatlar va nol stavka hisobi alohida yuritiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Endi reytingi yuqori tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi Tovarlarini elektron platformalar orqali sotuvchilarga soliqlar oshirilishi mumkin O‘zbekistonda ayrim turdagi soliq stavkalari oshiriladi O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi
Soʻnggi yangiliklar
23-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi
22 Noyabr 2024, 16:42Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
22 Noyabr 2024, 16:02Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi
22 Noyabr 2024, 15:20