30 Oktabr 2024, 17:15 Iqtisod

O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi

Soliq qo‘mitasi o‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘laganini ma’lum qildi.

O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi

O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida 18 585 ta o‘rta tadbirkorlik sub’yekti tomonidan 18,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan 391,7 mlrd so‘mi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

Ularning jami tovar aylanmasi 1,5 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari 27,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ushbu korxonalar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

  • QQS — 136,7 mlrd so‘m;
  • foyda solig‘i — 92,2 mlrd so‘m;
  • aksiz solig‘i — 87,7 mlrd so‘m;
  • JShODS — 37,5 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq — 20,9 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar — 16,8 mlrd so‘m.

Mashhur yangiliklar