Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgiladi.
Markaziy bank boshqaruvi 2024 yil 25 iyuldagi yig‘ilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Bazaviy inflatsiyaning pasayuvchi dinamikasi davom etib, iyunda 5,9 foizga teng bo‘lgan va yil boshidan 2,6 foiz bandga pasaygan. Bu energiya tariflari o‘zgarishining ikkilamchi ta’siri kutilganidan past bo‘lganligi bilan izohlanib, inflatsiyaning kelgusida ham pasayuvchi trendining davom etishiga ishora beradi.
Joriy yilning II choragida iqtisodiyotga turli kanallar orqali valuta oqimining sezilarli oshishi kuzatilib, so‘m almashuv kursining barqarorlashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Tadbirkorlarning iqtisodiy faolligi va ishbilarmonlik kayfiyati bo‘yicha indekslarda so‘nggi ikki oyda nisbatan pasayish kuzatilgan bo‘lsada, ijobiy natijalar saqlanib qolmoqda.
Joriy yildagi bazaviy inflatsiya tendensiyasi va inflyatsion omillar ta’sirining kutilganidan pastroq bo‘lishi hisobiga inflatsiya prognozi pasayish tomonga qayta ko‘rib chiqildi. Yil yakunida umumiy inflatsiyaning 9 foiz atrofida shakllanishi (apreldagi prognoz 9-11 foiz edi) va 2025 yil oxirida 5 foizlik target darajasiga yaqinlashishi kutilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Markaziy bank onlayn firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi Markaziy bank muomaladagi naqd pul ulushi 20,7 foizgacha kamayganini ma’lum qildi O‘zbekistonda oltin quymalar narxi keskin oshdi Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 41 mlrd dollardan oshdi