Markaziy bank onlayn firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi
Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlar orqali regulyator nomidan firibgarlik holatlari kuzatilayotgani haqida ogohlantirdi.
Firibgarlar messenjerlar orqali fuqarolarga Markaziy bankning ramziy belgilari tushirilgan soxta hujjatlar yuborib, ularning mobil qurilmalariga zararli ilovalarni o‘rnatishga urinishmoqda, deb xabar bermoqda regulyator matbuot xizmati.
Mazkur soxta hujjatlarda go‘yoki fuqaroning mablag‘lari xavfsizligini ta’minlash uchun “moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis” tomonidan ayrim amallar bajarilishi to‘g‘risidagi yolg‘on axborot ko‘rsatiladi.
Bu orqali “mutaxassis” niqobi ostidagi firibgar fuqaroning mobil qurilmasiga zararli ilovani (xususan, “Bezopasnost” nomli) o‘rnatish orqali ushbu qurilmadagi rasm va hujjatlar, SMS-xabarlar va qo‘ng‘iroqlar haqidagi ma’lumotlarni yashirin tarzda qo‘lga kiritadi.
Markaziy bank yuqoridagi kabi holatlarga duch kelingan taqdirda firibgarlarning aldovlariga aslo ishonmaslikni, ilovalarni esa messenjerlar orqali emas, balki rasmiy Google Play va App Store do‘konlaridan o‘rnatish kerakligini ma’lum qildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Fuqarolarga beriladigan bank kartalari soniga limit qo‘ylishi mumkin Banklarda dollar kursi birinchi marta 12 925 so‘mga ko‘tarildi To‘lov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi Gaz nazorati va to‘lovi uchun maxsus ilova ishga tushirildi 2027-yilga borib O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 20 mlrd dollarga yetishi mumkin