Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi
O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi.
Prezidentning 30-avgustdagi farmoni bilan ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytarilishi belgilandi.
Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-oktyabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga 2028-yil 1-yanvargacha har oyning 25-sanasiga qadar to‘langan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:
oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi:
- 60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga to‘langan QQSning 40 foizi;
- 60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga to‘langan QQSning 20 foizi;
- turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga – byudjetga to‘langan QQSning 20 foizi.
2024-yil 1-noyabrdan barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri joriy qilinadi.
2025-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishga faqatgina Reyestrga kiritilgan omillar asosida yo‘l qo‘yiladi.
Shu sanadan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash bo‘yicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Endi reytingi yuqori tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi Tovarlarini elektron platformalar orqali sotuvchilarga soliqlar oshirilishi mumkin Vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari soni qisqartirildi