Buxoro viloyatida Milliy ekologiya qo‘mitasi xodimlari tomonidan hududda reyd tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Peshku tumanidagi “Qoraqir” tabiiy suv havzasidan 10 nafar fuqaro tomonidan 94 bosh yovvoyi o‘rdak va 23 bosh qashqaldoq noqonuniy ovlangan. Oqibatda hayvonot dunyosiga 48 mln 204 ming so‘m zarar yetkazilgan. Bundan tashqari, yana bir holatda Buxoro viloyatidagi «Gazli» uchastkasi hududida 2 nafar fuqaro saksovul daraxtini noqonuniy kesish, yig‘ish va tashish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Noqonuniy ovlangan 117 bosh o‘rdak va kallar, shuningdek, 10 kub metr saksovul ashyoviy dalil sifatida olindi. Nazorat reyd tadbirlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroda brakonerlar ekologiya inspektorlarini kaltaklagandi. Jinoyatchilar saksovulni kesib, xizmat mashinasidan qochib ketishgan, biroq keyinroq ekologlarga hujum qilishgan.