Tojikistonda mamlakat Milliy universiteti talabasi oliy o‘quv yurtiga Range Rover’da kelgani uchun o‘qishdan chetlatilishi mumkin, deb xabar berdi militsiya matbuot xizmati.
Voqea Dushanbeda sodir bo‘lgan. Tojikiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi mashg‘ulotlarga Range Rover avtomobilida keldi. Mamlakat Ta’lim vazirligining buyrug‘iga ko‘ra, talabalarga shaxsiy transportda darslarga qatnash qat’iyan taqiqlanadi.
Ushbu qoidani buzish tiklanish huquqisiz 3 yil muddatga oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirishga sabab bo‘ladi. Yakuniy qaror qabul qilish uchun tegishli materiallar Xalq ta’limi vazirligi va universitet rahbariyatiga yuborildi, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Sherzod Qudratxo‘ja toshkentliklarni viloyatlik talabalarni uyiga kiritishga chaqirgandi. Jurnalistika universiteti rektori yotoqxonalarda o‘rinlar butunlay yetishmayotgan bir paytda shunday taklif bilan chiqdi.


























