Dunyo

O‘zbekistonliklarga Ukrainaga borishdan tiyilish tavsiya etildi

Mamlakat elchixonasi Kiyev viloyatida qullikka tushib qolgan vatandoshlar bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyev viloyatida o‘zbekistonliklarni qullikda ushlab turish bilan bog‘liq voqeaga izoh berdi.

Diplomatik vakolatxonaning ma’lum qilishicha, vatandoshlar tirik va qoniqarli holatda. Ular zarur tibbiy muolajalarni olish uchun Kiyev viloyatidagi mahalliy shifoxonalardan biriga yetkazilgan. Vatandoshlar bilan bog‘liq vaziyat elchixona tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hozirda ularni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi va Ukraina Bosh prokuraturasi nomiga tegishli notalar yuborildi. O‘zbekistonliklarni mehnat qulligida ushlab turgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ukrainada hayot va xavfsizlikka tahdid solayotgan vaziyatni hisobga olgan holda, O‘zbekiston fuqarolariga hozirda ushbu mamlakatga sayohat qilmaslik tavsiya etiladi, — deyiladi elchixona xabarida.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная