Davlat bog‘chalarida “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi
Davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilarining sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash maqsadida 2025-yil 1-iyulgacha “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi.
Hukumat davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali.
Hujjatga ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bosqichma-bosqich autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga o‘tkaziladi. Davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilarining sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash maqsadida 2025-yil 1-iyulgacha “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi.
Tarbiyalanuvchilar uning asosida respublika hududlari kesimida bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish xarajatini belgilash orqali ovqatlantiriladi.
Oziq-ovqat xarajatlarining hisobi “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritiladi.
Shuningdek, Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi. Davlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Qaror bilan “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
2025-yil 1-iyulgacha sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat bog‘chalarida tadbirkorlar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishi va autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilishi ta’minlanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi 1-iyuldan fuqarolarning hujjatlari elektron shaklda ham tan olinadi Turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi Portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi bo‘yicha reglament tasdiqlandi Davlat bog‘chalarida davomat tizimi avtomatlashtiriladi