Hayvonot bogʻi qorovuli sherlar hujumida halok boʻlgani yuzasidan jinoiy ish ochildi
17-dekabr kuni Parkent tumanidagi xususiy hayvonot bogʻi qorovuli sherlar hujumi oqibatida halok boʻlgandi.
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi xususiy hayvonot bogʻi qorovuli sherlar hujumida halok boʻlgani yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Hayot Shamsutdinovga koʻra, mazkur hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hujjatlar tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organlariga yuborildi.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 17-dekabr kuni soat tonggi 05:00 larda sodir boʻlgan. Hayvonot bogʻida saqlanayotgan 3 ta Afrika sheri katak eshigi ochiq qoldirilganidan foydalanib hayvonot bogʻi hududiga chiqib ketgan.
Hovlidagi sherlarni shu yerda qorovul boʻlib ishlovchi 44 yoshli F.I. katakka qaytarmoqchi boʻlgan, biroq yirtqichlar qorovulga hujum qilgan va uni oʻldirgan. Shundan soʻng, nazoratsiz qolgan hayvonlar F.I.ning tana aʼzolarini yemish sifatida isteʼmol qilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida harakatlanayotgan Mazda yonib ketdi Bo‘stonliqda Qizil Kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirib ketildi Toshkent viloyatida kanal bo‘yidan eshak go‘shti qoldiqlari topildi Yangiyo‘lda nomaʼlum shaxslar ekologiya davlat inspektorlariga jarohat yetkazdi Toshkent viloyatida onasi ayovsiz kaltaklagan 4 yoshli qizcha vafot etdi