25 Noyabr 2024, 12:35 Oʻzbekiston

Andijonda gaz quvuriga urilgan yuk mashinasi minglab xonadonni gazsiz qoldirdi

“Hududgazta’minot” avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklanishini bildirgan.

Andijonda gaz quvuriga urilgan yuk mashinasi minglab xonadonni gazsiz qoldirdi

Andijon viloyatida yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida minglab xonadonlar gazsiz qoldi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, avariya bugun, 25 noyabr kuni Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida yuz bergan.

Tumanning “Yangiobod” MFY hududida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining urilishi oqibatida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.

Yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida 07:10 dan Ulug‘nor tumanidagi 3 200 ta xonadon va 9 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

Ta’kidlanishicha, gaz ta’minoti avariya holati bartaraf etilishi bilan qayta tiklanadi.

Mashhur yangiliklar