25 Noyabr 2024, 12:35 •Oʻzbekiston
Andijonda gaz quvuriga urilgan yuk mashinasi minglab xonadonni gazsiz qoldirdi
“Hududgazta’minot” avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklanishini bildirgan.

Andijon viloyatida yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida minglab xonadonlar gazsiz qoldi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, avariya bugun, 25 noyabr kuni Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida yuz bergan.
Tumanning “Yangiobod” MFY hududida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining urilishi oqibatida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.
Yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida 07:10 dan Ulug‘nor tumanidagi 3 200 ta xonadon va 9 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Ta’kidlanishicha, gaz ta’minoti avariya holati bartaraf etilishi bilan qayta tiklanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda 620 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi Andijonda ota farzandlari uchun 19 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Andijonda erkak xotinini pichoqlab o‘ldirgani aytilmoqda Asakada 13 yoshli qizga shilqimlik qilgan erkak ishi bo‘yicha protest kiritildi Uch hududda energiya resurslari va suv taʼminotidan qarzdorlikni “nol” qilib berishni vaʼda qilganlar ushlandi
Soʻnggi yangiliklar

O‘zbekistonda bir yilda 848 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi
18 Fevral 2025, 11:58
Toshkentda Lacetti va Malibu-2 o‘zaro to‘qnashdi
18 Fevral 2025, 11:23
Qozogʻistondagi konda shaxta quladi, qurbonlar bor
18 Fevral 2025, 10:48
Buxoroda 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirilmoqda
18 Fevral 2025, 10:15
Chilonzor tumanida “Tashvish” tugmalari o‘rnatildi
18 Fevral 2025, 09:40
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
18 Fevral 2025, 08:53
O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasiga rahbarlar saylandi
18 Fevral 2025, 08:17
18-fevral kuni ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi
18 Fevral 2025, 07:35