25 Noyabr 2024, 17:15 •Oʻzbekiston
Toshkentdagi ko‘chaning bir qismi 1 oyga yopiladi
Toshkent shahridagi Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi 1 oyga yopiladi.

Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi bir oy muddatga barcha turdagi transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi ko‘ngilochar (gastronomik) ko‘chani tashkil etish bo‘yicha ishlarning ikkinchi qismi jadal davom etmoqda.
Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 27-noyabrdan Taras Shevchenko ko‘chasining (94-umumta’lim maktabidan) Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi 2024-yilning 25-dekabr sanasiga barcha turdagi transport harakati uchun yopiladi.
Haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilingan.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar

Kelasi hafta boshida ayrim hududlarda qor yog‘adi
15 Fevral 2025, 18:25
Xorazmdagi YTHda velosipedchi halok bo‘ldi
15 Fevral 2025, 17:29
Buxoroda mashinasiga boshqa raqam o‘ratib olgan haydovchi 145 marta qoida buzdi
15 Fevral 2025, 16:35
Bekoboddagi zapravkada 11 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
15 Fevral 2025, 15:40
Toshkent viloyati 19 yoshli yigit pichoqlab o‘ldirildi
15 Fevral 2025, 14:45
Buxorodagi yana bir uyda gaz portladi
15 Fevral 2025, 13:48
Mashrabjon Ro‘ziboyevning UFC’dagi jangi bekor bo‘ldi
15 Fevral 2025, 12:54
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston MTJ yangi bosh murabbiy tayinlandi
15 Fevral 2025, 11:57