Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻz joniga qasd qildi
Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻzini osib oʻz joniga qasd qildi.
Maʼlum boʻlishicha, hodisa kecha, 24-noyabr kuni Kitob tumani, “Oqsuv” MFY, Xoʻjaisparoz qishlogʻida sodir boʻlgan. 1998-yilda tugilgan erkak shu kuni soat 13:00 larda xonadonida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan 1996-yilda tugilgan turmush oʻrtogʻi hamda joriy yilning sentyabr oyida tugʻilgan qizini qasddan oʻldirgan.
Shundan soʻng, u yashash uyining xoʻjalik binosida arqondan sirtmoq yasab, oʻzini osib oʻz joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan 24-noyabr kuni Kitob tumani prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, gumonlanuvchi shaxs (marhum) 2006-yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida roʻyxatda turgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada erkak o‘zi o‘g‘rilikka tushgan xonadon bekasini pichoqlab o‘ldirdi Ikki viloyatda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarilishiga chek qoʻyildi Qashqadaryodagi “zapravka”da Spark yonib ketdi Qarshida 17 yoshli qiz oʻzini 16 qavatli uy tomidan tashladi Qashqadaryodagi ayanchli YTHda ikki yigit halok bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar







