Buxoroda yuz bergan ayanchli YTH yuzasidan maʼlumot berildi
Qorako‘l tumanida ikki nafar 11-sinf qizni mashina urib yuborgani, qurbon borligi haqida xabar berilgan edi.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida Lacetti urib yuborgan ikki piyodadan biri vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 2-oktyabr kuni soat 05:54 larda Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Eski qal’a” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-76-sonli avtomobil yo‘lning 1-km da sodir bo‘lgan. O.M. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti Qorako‘l tumani markazidan avtoboshbekat tomon harakatlanib borayotgan vaqtida 15-sonli IDUM to‘g‘risida joylashgan tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Hodisa natijasida bir nafar piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida Qorako‘l tuman kasalxonasida vafot etgan. Ikkinchi piyoda hozirgi kunda kasalxonada davolanmoqda.
Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 9 yoshli qizning o‘limi bilan tugagan YTH bo‘yicha tergov davom etmoqda Buxoroda mashina urib ketishi oqibatida ikki o‘quvchi qiz halok bo‘ldi Samarqandda KamAZ va 7 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Toshkentda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 11 yoshli qizni mashina urib yubordi Qozonda YTHga uchrab, og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi