30 Sentabr 2024, 16:22 Jahon

Rossiyada ichida gandbol muxlislari bo‘lgan avtobus yonib ketdi

Rossiyada ichida “Viktor” gandbol klubi muxlislari bo‘lgan avtobus YTHdan so‘ng yonib ketdi.

Rossiyada ichida gandbol muxlislari bo‘lgan avtobus yonib ketdi

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida 29-sentyabr kuni YTH sodir bo‘ldi. Unda yuk mashinasi ichida “Viktor” gandbol klubi muxlislari bo‘lgan mikroavtobus bilan to‘qnashib ketgan. Klub rasmiy bayonotida yo‘lovchilar orasida halok bo‘lganlar yo‘qligi, jarohatlanganlarga zarur yordam ko‘rsatilayotgani aytilgan.

O‘yin uchun Krasnodarga to‘rtta avtobus yo‘l oldi: birida jamoa a’zolari qolgan uchtasi “Viktor” muxlislari bilan. Kechki payt orqaga qaytayotgan avtobuslardan biri Starokorsunskaya qishlog‘ida yuk mashinasi bilan to‘qnashib, halokatga uchradi.

Sizlarga shuni maʼlum qilamizki, xayriyatki, avtobus yo‘lovchilari orasida halok bo‘lganlar yo‘q. Krasnodar o‘lkasi hukumati nomidan bir necha jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat. Biz sizni voqealar rivojidan albatta xabardor qilamiz, deyiladi klub bayonotida.

Muxlislarning aytishicha, yuk mashinasi kelib urilganda, avtobus birdaniga yona boshlagan. Gandbolchilar ham muxlislarni qutqarishga qo‘ldan kelganicha yordam bergan.

Ma’lumot uchun, “Viktor” gandbol klubi muxlislari “Krasnodar SKIF” bilan Rossiya chempionati uchrashuvidan qaytishayotgan bo‘lgan. Yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, to‘qnashuvga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng transport vositasi yonib ketgan.

Ayni paytda yong‘in o‘chirilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 49 kishidan 17 nafari jarohat olgan, yuk mashinasi haydovchisi esa vafot etgan.

Mashhur yangiliklar