Qozonda YTHga uchrab, og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Tatariston hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik yigit vatanga qaytarildi.
O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Tatariston hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik va uning onasi vatanga qaytarildi.
Mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 1-sentyabr kuni Tatariston hududidan o‘tuvchi Aznakayevo–Almetevsk trassasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu hodisa oqibatida O‘zbekiston fuqarosi T.J. og‘ir tan jarohati olgan va u Almetevsk tumanlararo ko‘p tarmoqli shifoxonasiga yotqizilgan.
Bemorning onasi o‘g‘lini O‘zbekistonga olib ketish uchun moliyaviy ko‘mak so‘rab, Bosh konsulxonaga murojaat qilgan. O‘zbekiston diplomatlari jabrlangan yurtdoshga barcha turdagi konsullik-huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatdi. Xususan, shifokorlar va boshqa idoralar bilan zarur uchrashuvlar o‘tkazildi hamda holat doimiy nazoratga olindi.
Shuningdek, mazkur ariza asosida Bosh konsulxona xodimlari tomonidan bemor T.J.ni mamlakatga qaytarish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash ishlari amalga oshirildi.
Natijada T.J. va uning onasiga Qozon–Toshkent aviaqatnoviga chipta olib berildi va ular 26-sentyabr kuni vatanga qaytarildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi Toshkentda Zeekr va Onix ishtirokida YTH yuz berdi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi