Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanganlar davlatga 5,5 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanganlar davlatga 5,5 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi, deb xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati.
Qayd etilishicha, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika va hududiy shtablar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri “Kichik sanoat zonasi” hududidagi noturar joyda fuqaro T.M. va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirib, noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilgani va qo‘lbola gaz qurilmalarini (gorelka) o‘zboshimchalik bilan yer ostidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvuriga yashirin ravishda ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha davlat manfaatiga 5 milliard 604 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar T.M., K.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Toshkentda qalbaki 9 ming dollarlarni sotayotganlar ushlandi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi